Асосий/Yangiliklar/UzQR tizimi uchun Shaxsiy kabinet ishga tushirildi
Есть предложение специально для вас!
Оставьте заявку и получите предложение специально для Вас
это поле обязательно для заполнения
Введите своё имя:*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
Дата:*
Спасибо! Форма отправлена

 

ChatGPT Image 13 июл. 2026 г., 10_41_18

2026-yil 1-iyuldan boshlab UzQR tizimi ishtirokchilari uchun yangi Shaxsiy kabinet platformasi ishga tushirildi. Mazkur platforma savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga UzQR xizmatlarini markazlashgan holda boshqarish, to‘lovlarni monitoring qilish hamda tizim bilan ishlash jarayonlarini yanada qulay va samarali tashkil etish imkonini beradi.

Shaxsiy kabinetning asosiy imkoniyatlari:

  • UzQR stikerlarini masofadan turib ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Statik va dinamik QR-kodlarni yaratish hamda boshqarish;
  • Savdo shoxobchalari va filiallar uchun alohida QR-kodlarni biriktirish;
  • QR-kodlarni bloklash, blokdan chiqarish va ularning holatini boshqarish;
  • Real vaqt rejimida amalga oshirilgan to‘lovlar va tranzaksiyalarni kuzatish;
  • Tahliliy hisobotlar va statistika bilan tanishish;
  • To‘lovlar bo‘yicha Telegram va SMS orqali tezkor bildirishnomalarni olish;
  • To‘lovlarni bekor qilish va mablag‘ni qaytarish imkoniyati;
  • Onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) va virtual kassalar bilan integratsiya qilish uchun API kalitlarini shakllantirish.

Yangi Shaxsiy kabinet biznes jarayonlarini soddalashtirish, to‘lovlarni boshqarish samaradorligini oshirish hamda UzQR tizimidan foydalanishni yanada qulay va xavfsiz qilishga xizmat qiladi.

Foydalanuvchilarga texnik va axborot ko‘magi ko‘rsatish maqsadida 1835 qisqa raqamli Call-markaz hamda @uzqr_uz_bot Telegram boti 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu havoladagi qo‘llanma orqali UzQR Shaxsiy kabineti bilan ishlash tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

 

Online ariza
это поле обязательно для заполнения
Ismingiz:*
это поле обязательно для заполнения
Telefon:*
это поле обязательно для заполнения
Sharx:*
это поле обязательно для заполнения
Shaxsiy hujjatni yuklash:*
Filename.png
Статус файла...
Filename.png
Статус файла...
не более:1
это поле обязательно для заполнения
Спасибо! Форма отправлена